Windows 10’da Microsoft Defender (Защитник Windows) opsiyasi qanday o‘chiriladi?

  • Asosiy
  • Windows 10’da Microsoft Defender (Защитник Windows) opsiyasi qanday o‘chiriladi?
Blog Image

Windows 10’da Microsoft Defender (Защитник Windows) opsiyasi qanday o‘chiriladi?

“Защитник Windows”, ya’ni ushbu operatsion tizim tarkibida keluvchi ichki antivirus kompyuter resurslarining aksariyat qismini iste’mol qiladi.

1️⃣. Windows'ning qidiruv satriga Безопасность Windows'ni kiritib toping va ishga tushiring. Защита от вирусов и угроз varaqa (вкладка)siga o‘ting.

Параметры защиты от вирусов и других угроз bo‘limida Управление настройками'ning ustiga bosing.

Bu yerda biz real vaqtdagi himoyani, bulutli himoyani va antivirusning boshqa funksiyalarini o‘chirib qo‘yishimiz mumkin.

2️⃣. WIN + R klavishlari birikmasini bosish orqali Выполнить oynasini ekranga chaqiring va unga gpedit.msc buyrug‘ini kiritib, ENTER klavishini bosish orqali Редактор локальной групповой политики oynasini ishga tushiring.

Chap tomondagi panelda quyidagi yo‘nalish bo‘ylab o‘ting: Конфигурация компьютера → Административные шаблоны → Компоненты Windows → Антивирусная программа “Защитник Windows”.