Windows 10 uchun tezkor klaviatura birikmalari
Koʻp foydalaniladigan klaviatura birikmalari
Ctrl + X — tanlangan elementni kesish.
Ctrl + C (yoki Ctrl + Insert) — tanlangan elementni nusxalash.
Ctrl + V (yoki Shift + Insert) — nusxalangan elementni joylashtirish.
Ctrl + Z — oxirgi amalni bekor qilish.
Alt + Tab — ochiq oynalardan (tab) biriga oʻtish.
Alt + F4 — faol oynani yopish yoki faol dasturdan chiqish.
F2 — tanlangan element nomini oʻzgartirish.
F3 — Explorerʼda fayl yoki papkani qidirishni boshlash.
F5 — faol oynani yangilash.
Alt + Enter — tanlangan elementning xususiyatlarini koʻrsatish.
Alt + Space — faol oynaning matn menyusini ochish.
Alt + Chap strelka — Ilovaning oldingi qismiga yoki File Explorerʼga qaytish.
Alt + Oʻng strelka — ilovaning keyingi boʻlimiga yoki File Explorerʼga oʻtish.
Ctrl + F4 — faol hujjatni yopish (toʻliq ekranga oʻrnatilgan va bir vaqtning oʻzida bir nechta hujjatlarni ochishga ruxsat beruvchi ilovalarda).
Ctrl + A — hujjat yoki oynadagi barcha elementlarni tanlash.
Ctrl + D (yoki Delete) — tanlangan elementni korzinkaga oʻtkazish orqali oʻchirish.
Ctrl + Y — oxirgi amalni takrorlash.
Ctrl + Shift + Esc — Vazifa menejerini ishga tushirish.
Shift + F10 — tanlangan element uchun kontekst menyusini ochish.
Shift + Delete — tanlangan elementni korzinkaga joylashtirmasdan oʻchirish.
Esc — joriy vazifani toʻxtatish yoki undan chiqish.
