Google Chrome brauzerini 34,5 mlrd dollarga sotib oladigan da’vogar nomi ma’lum qilindi

  • Asosiy
  • Google Chrome brauzerini 34,5 mlrd dollarga sotib oladigan da’vogar nomi ma’lum qilindi
Blog Image

Google Chrome brauzerini 34,5 mlrd dollarga sotib oladigan da’vogar nomi ma’lum qilindi

2024 yil kuzida Google AQShda monopolist deb topilgandi. Shu sababli kompaniyani brauzerini sotishga majbur qilishlari mumkin.

Sun’iy intellekt bilan shug‘ullanuvchi Perplexity kompaniyasi Google Chrome brauzerini 34,5 mlrd dollarga sotib olishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda The Wall Street Journal (WSJ) xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Perplexity kompaniyasining o‘z narxi 18 mlrd dollarga baholanadi. Kompaniya uni bir necha investor qo‘llab-quvvatlashga rozi bo‘lganini bildirgan.

2024 yil kuzida AQSh adliya vazirligi Google kompaniyasini monopolist deb topgan va u bo‘linishi mumkinligini bildirgandi. 

Keyinroq Bloomberg adliya vazirligi monopoliyaga qarshi ish doirasida Chrome brauzerini sotishni talab qilishi mumkinligini yozdi. 

Shuningdek, Yahoo kompaniyasi ham brauzerni sotib olish xohishini bildirgan. Kompaniya vakillari buning uchun bir necha o‘n milliard dollar berishga tayyor ekanliklarini ma’lum qilishgan. OpenAl kompaniyasi ham Chrome brauzerini sotib olishga qiziqayotganligi aytilgan.

Dunyo bo‘yicha Chrome brauzeridan 3,5 milliardga yaqin kishi foydalanadi. U jahon brauzerlar bozorining 60 foizini tashkil qiladi.