Kompyuterda ishlashingiz uchun “suv va havodek” zarur “eng qaynoq klaviaturalar” birikmasi —Windows 10 va macOS uchun roʻyxat

  • Asosiy
  • Kompyuterda ishlashingiz uchun “suv va havodek” zarur “eng qaynoq klaviaturalar” birikmasi —Windows 10 va macOS uchun roʻyxat
Blog Image

Kompyuterda ishlashingiz uchun “suv va havodek” zarur “eng qaynoq klaviaturalar” birikmasi —Windows 10 va macOS uchun roʻyxat

Windows 10 uchun tezkor klaviatura birikmalari:
Koʻp foydalaniladigan klaviatura birikmalari

Ctrl + X — tanlangan elementni kesish.

Ctrl + C (yoki Ctrl + Insert) — tanlangan elementni nusxalash.

Ctrl + V (yoki Shift + Insert) — nusxalangan elementni joylashtirish.

Ctrl + Z — oxirgi amalni bekor qilish.

Alt + Tab — ochiq oynalardan (tab) biriga oʻtish.

Alt + F4 — faol oynani yopish yoki faol dasturdan chiqish.

F2 — tanlangan element nomini oʻzgartirish.

F3 — Explorerʼda fayl yoki papkani qidirishni boshlash.

F5 — faol oynani yangilash.

Alt + Enter — tanlangan elementning xususiyatlarini koʻrsatish.

Alt + Space — faol oynaning matn menyusini ochish.

Alt + Chap strelka — Ilovaning oldingi qismiga yoki File Explorerʼga qaytish.

Alt + Oʻng strelka — ilovaning keyingi boʻlimiga yoki File Explorerʼga oʻtish.

Ctrl + F4 — faol hujjatni yopish (toʻliq ekranga oʻrnatilgan va bir vaqtning oʻzida bir nechta hujjatlarni ochishga ruxsat beruvchi ilovalarda).

Ctrl + A — hujjat yoki oynadagi barcha elementlarni tanlash.

Ctrl + D (yoki Delete) — tanlangan elementni korzinkaga oʻtkazish orqali oʻchirish.

Ctrl + Y — oxirgi amalni takrorlash.

Ctrl + Shift + Esc — Vazifa menejerini ishga tushirish.

Shift + F10 — tanlangan element uchun kontekst menyusini ochish.

Shift + Delete — tanlangan elementni korzinkaga joylashtirmasdan oʻchirish.

Esc — joriy vazifani toʻxtatish yoki undan chiqish.