Gigabyte kompaniyasi har qanday noutbukka ulanadigan tashqi videokartani namoyish etdi
Gigabyte kompaniyasi diskret grafikasi bo‘lmagan kompyuterlarga ulanadigan va geymerlarga mo‘ljallangan Aorus RTX 5090 AI Box tashqi videokartani namoyish etdi.
Texnik xususiyatlariga ko‘ra, u Nvidia GeForce RTX 5090 videokartasiga muvofiq keladi.
Videokarta noutbukka Thunderbolt 5 interfeysi yordamida ulanadi.
Aorus RTX 5090 AI Box narxi hozircha oshkor qilinmadi.
Tashqi videokartaning narxi Nvidia GeForce RTX 5090 narxidan balandroq bo‘lishi taxmin qilinmoqda.
