Windows 11’da Android ilovalardan foydalanish funksiyasi sinovdan o‘tkazilmoqda

  • Asosiy
  • Windows 11’da Android ilovalardan foydalanish funksiyasi sinovdan o‘tkazilmoqda
Blog Image

Windows 11’da Android ilovalardan foydalanish funksiyasi sinovdan o‘tkazilmoqda

Microsoft kompaniyasi Windows 11 tizimida smartfonlar yordamida Android ilovalardan foydalanish funksiyasini sinovdan o‘tkazmoqda. Mazkur texnologiya mobil qurilmadan kompyuterga o‘tib ilovadan foydalanishni davom ettirish imkonini beradi, deb yozmoqda The Verge.

Hozirda funksiya Windows Insider dasturi ishtirokchilari tomonidan sinovdan o‘tkazilmoqda. Sinov ilovasi sifatida Spotify musiqa servisi tanlangan: foydalanuvchi Android smartfonida biror qo‘shiqni tinglay boshlaganida unga qo‘shiqni o‘z kompyuterida tinglash taklif qilinadi. Foydalanuvchi taklifga rozilik bildirsa, Windows avtomatik ravishda Spotify ilovasining kompyuter versiyasini ishga tushiradi yoki uni o‘rnatishni taklif qiladi.